Bolani necha yoshdan ishga joylashtirish mumkin?

0
1941
marta ko‘rilgan.

Bolam maktabni tugatdi, kollejda o‘qishni davom qildirishi uchun hujjatini topshirib qo‘ydik. Ta’tilda bolamni ishga joylashtirish istagim bor. Ham mehnatga o‘rganadi, ham yozgi bo‘sh vaqtini bekor o‘tkazmaydi. Tashkilotlar bolani necha yoshdan boshlab ishga olashi mumkin?

Toshkentlik Sh. Salimovaning bu savoliga javob olish uchun xuquqshunos Oysha Oxunovaga murojaat qildik.

Mustaqilliklik yillari Mamlakatimizda bolalar huquqiy holatini belgilash, himoya qilish va bola huquqlari kafolatlarining aniq mexanizmlari yaratildi.

”Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yuq qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyani (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi va “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi konvensiyani (Jeneva, 1976 yil 26 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yilning 14 martda qabul qilinib, Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida tasdiqlandi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan imzolandi.

Voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklari himoyasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslardagi voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga oid normalari yanada takomillashtirildi.

Ayni kunda “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga va”Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Xalkaro Mehnat Tashkilotining (XMT) “Ishga qabul qilishda eng kichik yosh to‘g‘risida”gi (1976 yil 26 iyun, Jeneva) Konvensiyasining 2-moddasiga binoan ishga qabul kilishdagi eng kichik yosh umummajburiy ta’limni tugatgan paytdagi yoshdan past bo‘lmasligi va barcha holatlarda, 15 yoshdan kichik bo‘lmasligi belgilangan.

Milliy qonunchiligimizda ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (77-modda) va O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (20-modda) binoan ishga qabul qilishda 16 yoshdan boshlab yo‘l qo‘yiladi, shu bilan birga, 15 yoshga to‘lgan shaxs, uning ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Shunday kilib, 15 yosh O‘zbekiston Respublikasida ishga qabul qilishdagi eng kichik yoshni anglatadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2009 yil 26 yanvardagi 4-sonli bayoniga muvofik O‘zbekiston Respublikasi hududida ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh 15 yosh deb tasdiqlandi va Tashki ishlar vazirligi tomonidan tegishli bayonot Xalqaro Mehnat Tashkilotiga yuborilgan. Xalqaro tajriba ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Avstriya, Belgiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Koreya, Shveysariya, Yaponiya va boshka mamlakatlarning xalkaro-hukukiy tajribasi – ko‘pchilik mamlakatlarda ishga kabul kilishda eng kichik yosh sifatida 15 yosh belgilanganligini ko‘rsatadi (150 mamlakatdan 66 tasida – 15 yosh, 48 tasida – 14 yosh, 36 tasida – 16 yosh).

Ushbu qonunlar ma’sul organlarning, shu jumladan, katta yoshdagi shaxslarning ham kelajak avlod tarbiyasida ma’suliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.