Diqqat, tanlov: “O‘z huquqingizni bilasizmi?”

0
902
marta ko‘rilgan.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ko‘magida o‘tkaziladi.

 

Tanlovning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodekslar va qonunlarimiz mamlakat hayotini huquqiy jihatdan tartibga soladigan ustuvor yuridik ahamiyatga molik hujjatlardir. Ushbu huquqiy hujjatlar mamlakatimizning mustaqil taraqqiyoti uchun huquqiy zamin yaratdi, shu bilan birga demokratik rivojlanishning poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Ularda bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar huquqiy tartibga solinayapti. Shu bilan birga O‘zbekistonning kuchli huquqiy demokratik davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari yuzlanishining taomili ham aks etadi. Unda xalqimizning irodasi, adolatli jamiyat barpo etishdagi intilishlari, ezgu istaklari mujassamlashgan. Shuning uchun huquqiy demokratik davlatning kelajagi bo‘lgan farzandlarimizni yuksak huquqiy madaniyat sohibi bo‘lgan inson sifatida tarbiyalash katta ahamiyatga ega.

Yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda va ularni axborot xurujlaridan asrashda, sog‘lom, durkun voyaga yetishlarida oilaning roli katta. Huquqiy bilim, huquqiy ong va madaniyatni, mutolaga ishtiyoqmandlikni bolaligidan xotirasiga singdirgan farzand kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetadi. Bolalarning ma’naviy-huquqiy sog‘lom voyaga yetishini ta’minlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun avvalo, ularning ko‘z ochib ko‘radigan maskanidagi ya’ni, oiladagi tarbiyachilari bo‘lgan kattalarning ham tafakkurini, ma’naviyatini yuksaltirish lozim. Shu tufayli ushbu tanlov oilaviy tanlov ko‘rinishida o‘tkaziladi. Zero, sog‘lom oila – jamiyat poydevori, salohiyatli yoshlar mamlakat kelajagidir.

Maqsadimiz, tanlov orqali oilalar hamda unda voyaga yetayotgan yoshlarning ona Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish, xalqimizning huquqiy yo‘nalishda erishgan bemisl yutuqlarini keng targ‘ib etish va uni har bir oila a’zolarining ongu-shuuriga singdirishdan iborat. Bu oilaviy tanlov, ushbu savol-javoblar ularni o‘ylashga, izlanishga, o‘z ustida ishlashga da’vat qiladi.

 

Tanlov shartlari: Tanlov 2017 yilining 1 iyulidan 2018 yil 1 iyuliga qadar o‘tkaziladi. Tanlov doirasida oilalarning huquqiy bilim, huquqiy ong va madaniyatini, huquqiy mutolaga bo‘lgan mehrini, shu jamiyatga daxldorlik tuyg‘usini, umuman salohiyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan savollar berib boriladi. Ushbu savollarni yechishda faol qatnashgan, to‘g‘ri javob yo‘llagan oilalar (o‘quvchilar, yoshlar va ularning tarbiyachisi bo‘lmish ota-onasi, yoki buvi – buvalarining ham ismi-shariflari sayt sahifasida yoritib boriladi.

Savollarga javoblar “O‘z huquqingizni bilasizmi?” tanloviga degan qayd va qisqa izoh hamda ishtirokchilar haqidagi ma’lumot bilan birga yuborilishi zarur.

Tanlov g‘oliblariga mukofotlar. Loyiha yakunida maxsus tadbir uyushtirilib, faol qatnashgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi.

Manzil: 700129, Toshkent shahri,

Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Elektron manzil:

gujum@list.ru yoki ranobonu51@mail.ru

Murojaat uchun telefon:

(91) 137-85-82.

Mamlakatimizdagi barcha oilalarni tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz!

 

“Sog‘lom ona va bola” markazi hamda www.gujum.uz sayti tahririyati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.