Nikoh

0
310
marta ko‘rilgan.

Nikoh oilaning vujudga kelishida rasmiy asos bo‘lgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Bu qoida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi 2-qismida: “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi”, – deb yozilgan.

Nikoh axloqiy va jismoniy poklikni talab qiladi. Nikoh ahdli insonlarga mas’uliyat yuklaydi. Chunki oilada erning ham, ayolning ham o‘z burch va majburiyatlari bor, ulardan har biri o‘z vazifasini to‘la ado etishga mas’uldir. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida ushbu huquqiy normalar belgilab qo‘yilgan.

Nikoh tufayli ota-ona o‘zidan so‘ng zurriyod qoldirib, inson nasli davom etishiga sabab bo‘ladi.

Nikoh deganda – nikoh yoshiga yetgan, bir-birini sevadigan va qonunga muvofiq oila qurishni istagan erkak bilan ayolning ixtiyoriy roziligi va teng xuquqligiga asoslangan, qonuniy rasmiylashtirilgan, o‘zaro shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradigan, oilaviy turmushda tug‘ilgan bolalarni milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalari asosida munosib tarbiyalashga xizmat qiladigan, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an’analarga asoslangan mustahkam, bir umrga tuzilgan ittifoqi tushuniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasida belgilanganidek, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Shunday nikohgina xuquq va majburiyatni vujudga keltiradi. Nikohning tegishli davlat organida qayd etilishi uning vujudga kelganligini isbotlovchi birdan-bir dalildir.

Oysha Oxunova,

xuquqshunos

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.