Toshkent shahrida yangi yil kechasida katta mushakbozlik bo‘lib o‘tadi

0
176
marta ko‘rilgan.

Kirib kelayotgan Yangi yil bayramida xalqimizga bayram tuhfasi sifatida Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Chilonzor tumani va Xalqlar do‘stligi maydonida bayram mushakbozliklari bo‘lib o‘tadi. 

Mushakbozlik 2018 yil 31 dekabrdan 2019 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi, soat 24:00 da boshlanadi. Yurtdoshlarimiz bayram mushakbozligini quyidagi manzillarda jonli tomosha qilishlari mumkin:

Yunusobod tumanida: Yangi shahar ko‘chasi va Yangi Yunusobod ko‘chasi kesishmasida, Yangi shahar va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmasida. 

Xalqlar do‘stligi maydonida: Xalqlar do‘stligi maydoni, Beshyog‘och maydoni, Seul hamda Bobur ko‘chalarida; 

Chilonzor tumanida: Bunyodkor ko‘chasi va Kichik Xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasi kesishmasi, Bunyodkor yo‘li ko‘chasi hamda “Milliy” stadionining Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida joylashgan avtomobillar to‘xtash joyida. 

Sizlardan mushakbozlik tadbiri doirasida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rgan holda mazmunli dam olishingizni tilaymiz.

Yangi yil mushakbozligi tomoshalari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining barcha telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.