Buyuk Britaniyaliklar – eng semiz xalq

0
244
marta ko‘rilgan.

 

G’arbiy Yevropa davlatlari ichida  aholisi eng ko’p ortiqcha vaznga ega bo’lgan mamlakat bu Buyuk Britaniya ekanligi ma’lum bo’ldi, deb xabar beradi BBC xizmati.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hisobotiga ko’ra, mamlakatda oxirgi 20 yilda semirish nisbati ikki barobarga oshgan va bugun kattalarning 63 foizi ortiqcha vaznga ega.

Bugun Buyuk Britaniya semizlikdan aziyat chekuvchi dunyodagi 5 ta mamlakatning biriga kirib, aholi o’rtasida semizlik darajasi 1990-yillardan buyon 92 foizga oshgan. Bu ko’rsatkich bilan esa Qo’shma Shtatlarni ham ortda qoldirgan ( AQSHda 65% ga oshgan).

“Semizlik bu surunkali kasalliklar, ayniqsa, yuqori qon bosimi, xolesterin, diabet, yurak-qon tomir kasalliklari deganidir”, deyiladi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hisobotida.

Semizlikdan aziyat chekuvchi davlarlar qatoriga kiruvchi Avstraliya va Kanada so’nggi yillarda semirish darajasini kamaytirishga muvaffaq bo’lishdi. Biroq, Buyuk Britaniyada esa aks holat yuz bermoqda.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.