AQShdagi Amishlar hayotidan bir lavha…

1
117
marta ko‘rilgan.

2019 yil avgust oyida AQSh bo‘ylab safar qilganimda biz Pensilvaniya shtatiga kirib keldik, bu shtatdagi o‘ziga xos odatlarga ega bo‘lgan “Amish”lar jamiyati yoki qabilasi bilan tanishdik. Bu qabilaning odatlari o‘ta o‘ziga xos bo‘lgani uchun sizlarni tanishtirishni hohladim. Bugungi sivilizatsiya davrida amishlarga o‘xshab yashaydigan odamlarni topib bo‘lmaydi. Amishlarning o‘z odatlarini saqlab qolishlari meni juda hayratga soldi.

 Amishlar – xristian diniga mansub xalq. Yakob Amman ismli ruhoniy ularning yetakchisi bo‘lib, XVII asrda (asli kelib chiqishi shveytsariyalik) Germaniyada yashashgan. Bu yerda  ularning hayotiga aralashishlar ko‘p bo‘lgani tufayli ular AQShga kelib qolishgan. Bugun AQShning 20 ta shatatida amishlar o‘z qabilasi bilan yashab kelishadi. Bugun AQSh hududida 10 mingdan ortiq amishlar elektrdan, telefondan,  texnikadan va mineral o‘g‘itlardan foydalanmay yashab kelishdi. Bu millat asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanib asosan otlar  va omochlar orqali yerlarga  ishlov berishadi. 
Amishlar qaerda yashamasin, siz ularni tezgina ajratib olasiz, ularning kiyimlar bir xil bo‘ladi, ayollarning sochlari ham bir xilda turmaklanadi va kiyinishlari va yashash tarzlari judayam oddiy, shuning uchun ham ular o‘zlarni oddiy insonlar deb atashadi.

 Ayollarning ko‘ylaklari ko‘pincha havorang bir xil havorang matodan tikiladi, ular ko‘ylak ustidan aldikcha taqishadi,  ko‘ylaklarining bichimi keyingi ikki yuz yilda o‘zgarmagan. Taqinchoq taqishmaydi, atr-upalardan ham foydalanishmaydi.  Boshlariga kiygan qalpoqchalariga qarab turmushga chiqqan chiqmaganlarini ajratib olish mumkin. Eri bor ayollarning qalpoqchalari yurak shaklida bo‘ladi. Erkaklari keng shim kiyishib, katta enli kamar taqishadi, kiyimlarida tugmalariyam katta bo‘ladi. Erkaklari katta poxol yoki keng shlyapa kiyadilar. Uylangan amishlar soqol qo‘yishlari mumkin, ular muylov quyish man qilingan. Amishlar armiyada xizmat qilmaydilar va urushlarga qatnashmaydilar.

Amishlarda turmush qurganlaridan so‘ng ajrashish bo‘lmaydi, lekin yigitlar qizlar bilan erkin gaplashib yurishadi. Kech bo‘lganda amish ayollari ko‘chaga chiqmaydilar, buni yomon holat deb hisoblashadilar.
Amishlar bayramlarda  shlyapani o‘ng tomonga kiyishadi,  chap tomonga kiyilsa uylanishi lozim bo‘lgan yigit bo‘ladi. Shimlarni tortib ko‘tarib qo‘yishadi. Yana eng qizig‘i ularda yettita bola bo‘lshi shart, shuning uchun ham ular dunyoda eng tez ko‘payotgan xalqlardan biridir. 1920 yilda amishlar ja’mi 5000 bo‘lsa,  2011 yilga kelib ularning soni 261150 nafarni tashkil qildi. Amishlar barcha ishlarni qo‘l mehnati orqali bajaradilar, oddiy qishloq hayoti ularni qoniqtiradi. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni hohlashmaydi.  Ular o‘zlari mashina sotib olmaydilar va rulni boshqarmaydilar. Mashinali hayotni juda oson hayot deb bilishadi.

Ular uzoqroq joyga borishadigan bo‘lishsa eski furgonlarda o‘tirishadi. Uy ro‘zg‘or ishlarida,  dalaga borishda velosiped yoki samokatlardan foydalanishadi. Biz amishlar qishlog‘ida yurganimizda ko‘chada samokat uchirib ketayotgan qizlar, ayollar va erkaklarni uchratdik. Boshqa olis shtatlarga borishganida ular taksi xizmatidan foydalanishadi.

Yana shunisi qiziqki ular o‘z uylarida elektr chirog‘i yoqishmaydi, fonar va gaz lampalari bo‘lishi mumkin, kech tushgandan so‘ng ovqatlanishib uyda o‘tirishadi yoki bir joyda to‘planadilar. Rasmga tushmaydilar samolyotlarda uchmaydilar, uylarida radio, televizor, kompyuter bo‘lmaydi, qo‘llariga soat va  uylanganlarida nikoh uzuklari ham taqishmaydi. 

Elektr vositalari va mobil telefonlari maboda batareyka bilan ishlasa ulardan foydalanishadi. Amishlarning bolalari maktabda a o‘qiydi, bir xonada qizlar va o‘g‘il bolalar birga o‘tirishadi, ularda ta’lim  sakkiz yil bo‘lib, qishloq xo‘jaligida zarur bo‘lgan narsalarni o‘qishadi, maktabda yaqinda o‘zi bitirgan hali turmushga chiqmagan qizlar o‘qituvchilik qilishadi.

 Amishlar asosan fermer bo‘lishadi, shuning uchun botanika, zoologiya, arifmetika, ingliz va nemis tillarini o‘rganadilar. 
Ular fermerlik hayotiga shu narsalar yetarli deb hisoblashadi. Sakkizinchi sinfni bitirganlaridan so‘ng ularga  tanlash huquqi beriladi, endi ular amish bo‘lib qoladimi yoki sivilizatsiya oqimiga o‘ralashadimi, shuning uchun ko‘p o‘ylab ular bir qarorga kelishlari kerak. Ba’zi amish bolalari zamonaviy hayotni tanlab ketishlariga ruxsat beriladi.

Amishlarda oila juda muqaddas hioblanadi  va halollik qadrlanadi. Ular bir birini qo‘llab-quvvatlab yashaydilar, yordam beradilar, masalan, kimki uy qurmoqchi bo‘lsa, birgalashib hashar yo‘li bilan qurib tashlaydilar. Ba’zan bu ishlarni bir kunda bajarishlari mumkin bo‘ladi, chunki yuztagacha odam to‘planadi, bu vaqtda ayollar  ovqat tayyorlaydilar.  Ular ahillikda yashashni hamma narsadan ustun ko‘ruvchi kishilardir.

 Dilorom YORMATOVA, professor 

Yoyish

1 mulohaza

  1. Ушбу амишлар ҳақидаги мақола мени жуда қизиқтирди. Қаранг, шундай цивилизация замонида ўз одатларини сақлаб қолган ҳалққа мен қойил қолдим.
    gujum.uz таҳририяти! Раҳмат. Бизни шундай яхши маълумотлар билан таништирганганиз учун. Илоҳим юртимиз, ҳалқимиз бугунги синовлардан, коронавирус балосидан омон- эсон ўтиб олсин. Соғ саломатлик, ижодий ютуқлар тилаб биология фанлари номзоди Марғуба Ҳамроева

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.