ASL MARVARIDNI QANDAY TANLAYMIZ?

0
820
marta ko‘rilgan.

Marvarid qadimdan ayollarning sevimli taqinchoqi bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ham u  xotin-qizlrning o‘z jilosi bilan maftun etib keladi. Marvarid taqinchoqlarni harid qilmoqchi bo‘lgan kishi uning farqiga borishi kerak.

Marvarid  ikki turga bo‘linadi: tabiiy va sun’iy. Sun’iy durlarning narxi unchalik qimmat emas. Tabiiy marvarid tabiatdan olinib, u chig‘anoq ichida paydo bo‘ladi. Sof marvaridning hosil bo‘lishi murakkab jarayon. Uni ummon ostidan izlab olib chiqish ham oson emas. Shu bois, uning narxi ham arzon bo‘lmaydi. Tabiiy marvariddan tashqari suv havzalarida yetishtirilgan chig‘anoqlardan ham marvaridlar olinadi.. Ular ham xuddi tabiiy marvaridlarga o‘xshab og‘ir bo‘ladi. 

Mahsulot tanlashda e’tiborli bo‘ling

Durni tanlash uchun uning yaltirashiga, rangiga, tovlanish sifati, hajmi-o‘lchami va shakliga e’tibor qaratish lozim. Bu ishda shoshma-shosharlik ketmaydi.

Sof marvaridning ichi yaltiraydi. Uning yorqin taraflari va soyali joylari o‘rtasida o‘tkir kontrast ko‘rinadi. Natijada uning ichida shar illyuziyasi ko‘rinadi. Buni yaqqol ko‘rish uchun marvaridning ustki yorqin tarafiga qarash kerak.

Marvarid rangi qanday bo‘lishi kerak?

Marvarid rangini yuzingiz shakli va sochingiz rangiga mos tarzda tanlang. Lekin bo‘yalmagan dur jimjimador ko‘rinadi. Tabiiysi, kulrang, qora, oq rangda pushti bo‘ladi. Oq ranglisi arzonroq baholanadi. Kamnamo dur pushti ranglisi bo‘lib, u tabiatda kam uchraydi.

Shakli bilan xajmi ham ahamiyatga ega      

Asl marvarid dumaloq shaklda  sip-silliq bo‘ladi. Agar unda qoramtir rangda ko‘zga tashlanuvchi nuqsonlarni ko‘rsangiz, bunday taqinchoqni olishga shoshmaslik kerak. Marvarid qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik qimmat baholanadi.

Haqiqiy marvaridni aniqlash uchun uni 40-50 sm tepadan yassi hamda to‘g‘ri joyga tashlanadi. Shu onda dur sakray boshlaydi. Sun’iy dur bunday holatdan mustasno.

Sof marvaridni ultrabinafsha nurida kuzatganda, tabiiysi havorang bo‘lib jilolanadi. Inson qo‘li bilan yaratilgani esa yashil tusda tovlanadi.

10 karatli lupada kuzatganda esa marvaridning o‘rta qismi va ustki qatlami orasida ingichka qora chiziq ko‘rinadi.

Vasila PO‘LATOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.