“BMW” rusumli avtomashinasining yo‘l transport hodisasi

0
126
marta ko‘rilgan.

2018 yil 22 yanvar kuni, Yunusobod tumani, Moyqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan “Shifo-nur” tibbiyot markazi qarshisida, “BMW” rusumli avtoulov xaydovchisi mast holatda, rul boshqaruvini yuqotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan, deya xabar beriladi guvd.uz saytida.

Natijada:

1) yo‘lovchisi – 1996 yilda tug‘ilgan erkak kishi, YTH joyida vafot etgan;

2) yo‘lovchisi – 1978 yilda tug‘ilgan erkak kishi, “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, o‘ng tomonlama qovurg‘alar sinishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan;

3) yo‘lovchisi – 1987 yilda tug‘ilgan erkak kishi, “Bosh miya ochiq jarohati, bosh miya lat yeyishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan;

4) yo‘lovchisi – 1997 yilda tug‘ilgan erkak kishi, “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, pastki jag‘, daxan sohasi sinishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

2018 yilning 22 yanvar kuni, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadbir davomida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 2820 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Shulardan mast holatda transport vositasini boshqarish – 27 tani tashkil etadi.

Hurmatli haydovchilar!

Agar Siz “Yo‘l harakati qoidalari”ga to‘liq rioya etsangiz, o‘zingizning va o‘zgalarning xavfsizligini ta’minlangan bo‘lasiz.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.