Dengiz ostida tushlik

0
300
marta ko‘rilgan.

Dengiz ostida suv mavjudotlari bilan yonma-yon dengiz mahsulotlari tanovvul qilishga nima deysiz?
2019 yilda Norvegiyada “Ander” deb ataluvchi dunyodagi eng yirik suvosti restorani quriladi, deb xabar beradi Euronews axborot xizmati.

Restoran dizayni Misrdagi Iskandariya kutubxonasi va Norvegiya milliy opera binosini loyihalashtirgan me’morlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning aytishicha, restoran tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz bo‘ladi. 1 metr qalinlikdagi beton devorlar suv bosimi va har qanday to‘lqinga chidaydi. Balandligi 11 metr bo‘lgan akril oynalar esa suv osti jonzotlari va go‘zal faunasini ko‘rsatib turadi.

Yuz kishi uchun mo‘ljallangan bu restoran uch qavatdan iborat bo‘lib, u dunyodagi eng yirik suv osti inshooti bo‘ladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.