Dunyodagi eng baxtli 10 ta davlat

0
144
marta ko‘rilgan.

2018 yildagi eng baxtli davlat sifatida Finlyandiya tan olindi. Bu haqda The World Hapiness Report har yillik hisobotida aytiladi, u BMTning barqaror rivojlanish yechimlarini izlash bo‘yicha bo‘linmasi tomonidan e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, Finlyandiyada xorijdan kelgan 300 000 kishi va xorijdan kelganlarning avlodi bo‘lgan 5,5 million kishi istiqomat qiladi. Immigrantlarning guruhlari orasida yevropaning boshqa davlatlaridan kelganlar, shuningdek, kelib chiqishiga ko‘ra Afg‘oniston, Xitoy, Iroq va Somaliga mansub bo‘lgan guruhlar mavjud.

Reytingdagi ikkinchi o‘rinni Norvegiya egalladi, u 2017 yilda eng baxtli davlat deb tan olingandi.

Ilk o‘ntalikdan Daniya, Islandiya, Shveytsariya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Avstraliya ham joy oldi, deb yozmoqda The Washington Post.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh ushbu reytingda 18-pog‘onani egalladi.

Hisobotni tayyorlash doirasida 156 mamlakat hayot davomiyligi, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va korrupsiyaga bo‘lgan munosabat  kabi omillar bo‘yicha baholandi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.