Kanadalik qiz 18 yoshidayoq millionerga aylandi. Ammo…

0
145
marta ko‘rilgan.

“Toronto Star” nashrining yozishicha o‘zining o‘n sakkizinchi tavallud ayyomi munosabati bilan kanadalik Sharli Lagard umrida birinchi marta lahzalik yutuqli chipta sotib oladi. U lotereyaning ustki qavatini o‘chirib qarasaki, yutuq summasi turibdi: Bir million dollar. 

Tashkilotchilar Sharliga yutuqni ikki yo‘l bilan olishi mumkinligi bildirishadi. Ya’ni u million dollarni biryo‘la qo‘lga kiritishi yoki haftasiga ming dollardan umrbod nafaqa olib turishi mumkin ekan. 

Qaror qabul qilishda ikkilangan Sharli moliyaviy maslahatchiga murojaat qilgan. Mutaxassis unga ikkinchi yo‘lni tanlashni maslahat bergan. Buning sababi esa haftasiga ming dollardan olinadigan nafaqa soliqqa tortilmas ekan. Ana shu imtiyoz evaziga bir yilda nafaqaning miqdori soliq ushlab qolingan 100 ming dollar atrofidagi yillik maoshga teng bo‘lar emish. 

Sharli maslahatni qabul qildi. Endi u har hafta oladigan nafaqasini sayyohat qilishga va fotografiya sirlarini o‘rganishga sarflamoqchi. 

Malohat Husanova, O‘zA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.