Londonda avtobuslar qahva chiqindisidan tayyorlangan bioyoqilg‘ida harakatlanmoqda

0
204
marta ko‘rilgan.

Londonda ba’zi jamoat transportlari qahva chiqindisidan tayyorlangan bioyoqilg‘ida yura boshladi, deya xabar beradi BBC axborot xizmati. Bu bioyoqilg‘i kofe chiqindisidan olingan yog‘ bilan  dizel yog‘i aralashmasidan tayyorlangan.

“Bio-Bean”  texnologiya kompaniyasi xabar berishicha, kompaniya avtobuslarni yil davomida kofe yog‘i bilan uzliksiz ta’minlay olish qobiliyatiga ega bo‘lib, shu kungacha 6000 litr qahva yog‘i ishlab chiqargan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Buyuk Britaniyada bir kunda 55 million finjon qahva iste’mol qilinadi. Birgina Londonda yiliga 200 ming tonna qahva chiqindisi chiqaradi. “Bio-Bean” kompaniyasi esa qahvaxona va qahva fabrikalardan qahva chiqindisini oladi va undan yog‘, so‘ngra B20 bioyoqilg‘isini tayyorlaydi.

“Bu chiqindilardan unumli foydalanish mumkinligini isbotlaydi”, deydi  kompaniya asoschisi Artur Key.

London Transport idorasining ma’lum qilishicha esa, shaharda transport emissiyasini kamaytirish uchun tobora ko‘proq bioyoqilg‘idan foydalanishga o‘tilmoqda.

Bugungacha poytaxtda o‘simlik va hayvon yog‘i chiqindisidan tayyorlangan bioyoqilgi allaqachon 9500 dan ortiq avtobuslar harakatlanishi uchun ishlatilgan.

Suvrat  BBC axborot xizmatidan olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.