Misrda 40 ta mumiyoli qadimiy nekropol topildi

0
148
marta ko‘rilgan.

Misr arxeologlari qadimiy qabristonni Misrning Al-Minya provinsiyasidagi Tuna al-Gabal hududidan topishdi. Bu haqida RIA Novosti Misrning qadimiy ishlar bo‘yicha milliy vazirligiga asoslanib xabar bermoqda.

Al-Minya universiteti va qadimiy ishlar vazirligining arxeologik missiyasi Tuna al-Gabal majmuasidagi qazilma ishlari davomida qabristonga duch kelgan. Unda uchta tosh sakrofagli maqbara va qirqta yaxshi saqlanib qolgan mumiyolangan jasad, shu jumladan, o‘nta bola mumiyosi aniqlandi.

Bundan tashqari, kulolchilik ashyolari va bir qancha qabr yopinchiqlari topilgan. Vazirlikdan ma’lum qilishlaricha, ushbu topilma Misrning yunon-rum davridagi (miloddan avvalgi 4 asr o‘rtalaridan milodiy 4 asrning oxirigacha) tarixiga oiddir.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.