Oʼzbekiston ilk marotaba “Magnifest-2019” xalqaro festivalida ishtirok etdi

0
76
marta ko‘rilgan.

Kuni kecha Germaniyaning Braunshveyg shahrida oʼtkazilgan “Magnifest-2019” xalqaro festivalida Oʼzbekistonning turizm salohiyati targʼib etildi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi.

“Magnifest” xalqaro festivali deyarli bir asr davomida oʼtkazilib kelinayotgan, musiqiy va gastronomik namoyishlar bilan tanilgan yirik xalq sayllaridan biridir. Mazkur festivalga har yili Germaniya va qoʼshni Yevropa mamlakatlaridan 150 mingdan ziyod aholi tashrif buyuradi. Joriy yilda oʼtkazilayotgan “Magnifest” xalqaro festivalida Oʼzbekiston ilk marotaba ishtirok etdi. Festival 3 kun davom etib, unda “Sugʼdiyona” oʼzbek davlat milliy cholgʼulari kamer orkestri ham qatnashdi. Festival doirasida yurtdoshlarimiz tomonidan ijro etilayotgan milliy kuy-qoʼshiqlar yigʼilganlarga koʼtarinki kayfiyat ulashib, katta qiziqish uygʼotdi. “Magnifest” festivali Oʼzbekistonni xorijda tanitish, jumladan mamlakat turizmini targʼib etishda muhim oʼrin tutadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.