OAV: Xitoy politsiyasi “iPhone” kontrabandasini to‘xtatib qoldi. Smartfonlar qiymati 79 million dollarga teng bo‘lgan.

0
80
marta ko‘rilgan.

 “Shenchjen tesyuybao” gazetasi tarqatgan xabarga ko‘ra Xitoy Xalq Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralari “iPhone”ning yangi modellarini Gonkongdan Shenchjen shahriga noqonuniy yetkazish bilan shug‘ullanib kelgan 26 nafar kishini qo‘lga oldi. 

Kontrabanda mahsulotlarining umumiy qiymati 79 million dollarga teng bo‘lgan. 

Shenchjen bojxonasidan ma’lum qilinishicha kontrabandachilar uchuvchisiz boshqariladigan moslamalar yordamida 15 mingdan ziyod smartfonni Xitoy chegarasidan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan. 

1997 yilda Xitoy Xalq Respublikasining maxsus ma’muriy hududi maqomini olgan Gonkong mamlakatning yuqori darajadagi muxtoriyati hisoblanadi. Ammo, Xitoydan Gonkonga borish uchun viza olish lozim. Smartfonlarning eng yangi va mashhur modellari esa birinchi bo‘lib aynan Gonkong bozorlarida sotuvga chiqariladi. Bundan kontrabandachilar foydalanib kelgan. 

Malohat Husanova, O‘zA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.