O‘zbekistonda birinchi bora qo‘lga o‘rgatilgan delfinlar tomoshasi

0
173
marta ko‘rilgan.

– O‘zbek davlat sirkida ajoyib yangilik! Bir yillik sa’y-harakatlardan keyin nihoyat  o‘rgatilgan suv mavjudotlari  tomoshasini boshlaydigan kunlar ham keldi,– deydi O‘zbekistondagi delfin-shou rahbari Abdulaziz Husanov.

O‘zbekistonda ilk bora uyushtirilayotgan “Delfinlar shou”sini o‘tkazish uchun 3 ta delfin, 2 ta dengiz mushugi va bir dona dengiz arsloni keltirilgan. Jonivorlarning umumiy vazni 2 315 kilogrammni tashkil etadi.

“Qizil kitob”ga kiritilgan sut emizuvchi o‘ta nozik suv jonivorlarini boqish uchun barcha yemishlari dengizdan keltirilmoqda. Shuningdek, sirkda delfinlar yashashi uchun zarurat bo‘lgan hovuz suvining haroratini ham talab darajasida amalga oshirildi.

“Delfin-shou” barchaga, ayniqsa, bolajonlarimizga katta quvonch bag‘shida etadi, degan umiddamiz”, – deydi tashkilotchilar.

J. Sadullayev

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.