PIROTЕXNIKA SAVDOSINING OLDI OLINDI

0
161
marta ko‘rilgan.

Yangi yil bayrami ayniqsa, bolalarga zavq-shavq bag‘ishlaydi. Go‘zalliklar, ajoyibotlar, g‘aroyibotlar olamida yashaydilar. Ularning qalbini ertaknoma kengliklar, samimiylik qurshab oladi. Ana shunday samimiyat olamida yashovchi bolajonlarimizning qiziquvchanligidan  foydalanib, paqildoqlar sotib,  mo‘may pul ishlab olishga urinuvchi kimsalar ham yo‘q emas.. Bolalarimiz sog‘lig‘i, hayotining xavfsizligiyu bayramning osoyishta o‘tishi  o‘ylamasdan, o‘z nafsining qurboni bo‘luvchi kimsalar hamon topiladi.

Xorazm viloyati Soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tomonidan viloyat hududida o‘tkazilgan tadbir davomida hanuzgacha pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotganlarning borligi aniqlandi. Tadbir davomida 1 million 250 ming so‘mlik pirotexnika vositalari savdosining oldi olindi.

Qonunchilikka binoan pirotexnika vositalari bilan savdo qilish ta’qiqlanishiga qaramasdan fuqaro B.R. pirotexnika vositalari bilan savdo qilayotgani aniqlandi. Sotish uchun mo‘ljallab qo‘ygan 600 dona 250 ming so‘mlik pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Shuningdek, 2000 yilda tug‘ilgan U.B. ham pirotexnika vositalarini mo‘may daromad evaziga pullash payida bo‘lib turgan paytida soliq idoralari xodimlari tomonidan fosh etilib, 1 million so‘mlik pirotexnika vositalari hujjatlashtirildi.

Har yili Yangi yil bayrami oldidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan aholi orasida pirotexnika vositalarini mamlakatimiz hududiga olib kirish, ushbu turdagi mahsulotni ishlab chiqarish, savdosi bilan shug‘ullanish kabi holatlar qonun bilan chegaralangani, bunday ishga qo‘l urgan shaxslar javobgarlikka tortilishi xususida tushuntirish ishlari olib boriladi. Afsuski, ko‘ngilsiz oqibatlarga, ayrim hollarda hatto, inson hayotiga zomin bo‘lishgacha bo‘lgan salbiy holatlarni keltirib chiqaradigan bunday vositalar bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlar kam bo‘lsada hali-hanuz uchramoqda.   Azizlar yurtimiz tinchligini, xonadonlarimiz osoyishtaligini, bolajonlarimiz sog‘ligini o‘ylaylik.

Romon Atajonov,

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.