Qaddu qomat fe’l-atvor bilan bog‘liqmi

0
274
marta ko‘rilgan.

Tabiatning gultojisi inson. Turfa gullardek, turli xil qomatu fe’lli insonlar bor. Texas universiteti olimlari insonning qomati uning shaxsiyatiga va o‘zgalar tomonidan qanday qabul qilinishiga ta’sir etishini aniqladilar.

Tadqiqotchilar jamoasi tajribasi jarayonida  76 nafar talabaga 140 ta suratni tarqatib, tavsiflab berishni so‘radilar. Suratlarda turli semizlikdagi 70 nafar erkak va yana shuncha ayol bor edi.

Talabalar odamni tavsiflash uchun 30 ta fe’l-atvor xususiyatlaridan foydalanishlari zarur. Barcha tavsiya etilgan so‘zlar “katta beshlik” deb nomlanuvchi mustaqil shaxs xususiyatlariga mos keladi. Bu psixologik model bo‘lib, u insonlarga nisbatan ishlatiladigan beshta asosiy xislatlarni o‘z ichiga oladi. Bularga ezgu niyatli, vijdonli, ochiq ko‘ngilli, mehnatkash, g‘ayratli kabi bir nechta fazilatlar kiradi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, semiz odamlarni ishtirokchilar beparvo va dangasa, kelishgan qomat egalarini esa ishonchli va g‘ayratli deb topishdi. Talabalar nok shaklidagi qomat egalarini hamda keng yelkali insonlarni mojaro va g‘azablanishga moyilligini, aksincha, nostandart tana tuzilishiga ega bo‘lganlarni esa tortinchoq va ishonchli kishilar sifatida qabul qilishdi.

D.AZIMOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.