Qalbaki pullarni yasash oqibati

0
258
marta ko‘rilgan.

Qalbaki pullarni yasash va ularni o‘tkazish bilan shug‘ullanib, bu orqali davlatning iqtisodiy pul-kredit tizimiga putur yetkazgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
2018 yilning fevral oyi boshlarida Israilov Baxodir Islomovich, Azizlarxodjayev Furkat Ravshanovich, Kilichyev Dilshod Baxtiyorovich va Isxakov Shaxboz Mirsaidovichlar o‘zaro jinoiy til biriktirib, O‘zbekiston Respublikasining milliy pul birligi hisoblangan “so‘m” pullarni qalbakilashtirishni rejalashtirib, 50.000 so‘mlik kupyuralardan iborat bo‘lgan jami 100 dona 5.000.000 so‘m qalbaki pullarni yasaganlar va mazkur pullarning 3.600.000 so‘mini noqonuniy ravishda o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab kelganlar.

 2018 yilning 7 fevral kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir jarayonida, B.I.Israilov, F.R.Azizlarxodjayev, D.B.Kilichyev va Sh.M.Isxakovlar Yashnobod tumani joylashgan do‘konda avvaldan yasalgan qalbaki pullar evaziga mahsulot harid qilmoqchi bo‘lganliklari aniqlanib, ushlanganlar va ulardan 1.400.000 so‘m miqdoridagi qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘tkazish maqsadida qalbaki qimmatli qog‘ozlar yasash va ularni o‘tkazish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.