Qizil bananni ko‘rganmisiz?

0
118
marta ko‘rilgan.

U oddiy sarg‘ish bananlarga nisbatan mayin va yumshoq. Shuning uchun u uzoq yo‘lga yaramaydi va eksport qilinmaydi. U dunyoning bitta joyida faqat Seyshel orollarida o‘sadi.

Ushbu davlat Sharqiy Afrikada,  Hind okeanining g‘arbiy qismida ekvatordan janubroqda joylashgan bo‘lib, tarkibida 115ta orol mavjud. Faqat  uning 33tasida aholi istiqomat qiladi. Eng katta oroli — Mae, u poytaxt hisoblanadi.

Boshqa katta orollari — Siluet, Praslen, La-Dig. Aholisi 2010 yil ma’lumotlariga ko‘ra 88 ming kishidan iborat. Davlat tili ingliz, fransuz va seyshel tillari bo‘lib, respublika 1974 yili o‘z mustaqilligiga erishgan.

Oydin SADULLAEVA 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.