Sigirlarga fitnes-treker nega kerak?

0
208
marta ko‘rilgan.

Shotlandiyalik Brayn Yuterap ismli fermer smartfoniga   o‘rnatilgan sensorlar orqali o‘z xo‘jaligidagi jonivorlar sog‘ligi haqida ma’lumot kelib turadi. Simsiz tizimda ishlovchi  qurilma har bir sigirning bo‘yniga osilgan bo‘lib, yevropalik agranom va muhandislar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bu innovatsion tajriba qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yordam beradi, – deb yozadi Euronews axborot xizmati muxbiri Denis Loktev. 

Treker sigirlar ishtahasi oshgani yoki pasaygani haqida smartfonga xabar yuboradi.  Buni sigirlarning ovqatlanish vaqti oralig‘iga qarab aniqlaydi. Jonivorlar yemish yeganda bo‘yin muskullari qimirlaydi va detektor avtomatik tarzda fermer smartfoniga axborot yuboradi.

– Sigirlarning ishtahasi bo‘lmasa, demak, bu hayvonning sog‘ligi yaxshi emas deganidir. Ushbu gadjetning asosiy vazifasi, jonivorlarda kasallik hali endi boshlanayotgan bosqichdayoq fermerlarni  ogohlantirishdir, – deydi fermer Brayn Yuterap.

Brayn Yuterap, shu bilan birga fermasidagi sigirlarga sog‘ish apparatini joylashtirgan bo‘lib, qurilma har bir sigirdagi sut miqdori va tarkibini aniqlab beradi. Fermer bunday yangi texnologiyani qo‘llay boshlagandan 6 oy o‘tib, sigirlarining  sut berish darajasi 20 foizga oshgan.

Bunday tajriba bugun  Ispaniyada pomidor, qalampir va boshqa sabzavotlar yetishtiruvchi xususiy fermer xo‘jaliklariga qarashli issiqxonalarda ham qo‘llanilmoqda. Bunday eksperimental issiqxonalar maxsus asboblar bilan jihozlangan bo‘lib, tuproqning namligi, o‘simliklarning rivojlanish tezligi, issiqxona harorati va boshqa ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot to‘playdi va fermerga uzatadi.  Bunday asboblar ko‘proq va sifatli mahsulot olishga, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yordam beradi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.