Xitoy siyohi saraton hujayrasini nobud qiladi

0
207
marta ko‘rilgan.

 Fudan va Shanxay universitetlari olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, xitoylik hattotlar ming yillar davomida foydalanib kelgan “Hu-Kaiwen” siyohi saraton hujayralarini nobud qilishi mumkinligidan dalolat bermoqda, deb yozadi “The Deccan Chronicle” nashri

Siyoh bilan davolashda fototermik terapiya usulidan foydalaniladi. Ya’ni, bu modda nanoo‘lchamda saraton hujayrasiga kiritiladi va u to‘planib, ma’lum miqdorgacha yetkaziladi. So‘ng lazer yordamida ushbu kiritilgan modda qizdiriladi. natijada esa zararli hujayra nobud bo‘ladi. Siyoh lazer yordamida qizdirilganda 55 darajaga ko‘tarilgan. Bu qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan boshqa nanomoddalar ko‘rsatkichidan ancha yuqori.

Fototermik davolash usulida boshqa nanomoddalardan foydalanish ham mumkin. Biroq, ular zaharli, qimmat yoki ajratib olinishi murakkabligi bilan qiyinchilik tug‘diradi. Shuningdek, ayni vaqtda “Hu – Kaiwen” siyohidan xavfli o‘smalarni davolashda qo‘llash uchun sichqonlarda tajriba o‘tkazilmoqda

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.