Yangi kashf qilingan sayyorada hayot bo‘lishi mumkin

0
280
marta ko‘rilgan.

Astronomlar quyosh tizimiga yaqin bo‘lgan, kattaligi taxminan yerga o‘xshagan yangi sayyorani topdilar, deb xabar beradi BBC axborot xizmati.
Ross 128b deb nomlangan bu yangi sayyora yorug‘lik o‘lchamida 11 yil uzoqliqda joylashgan bo‘lib, yerga yaqin bo‘lgan ikkinchi ekzosayyoradir.
Yerga eng yaqin bo‘lgan Proksima deb nomlanuvchi sayyorada hayot uchun sharoit yo‘q. Chunki, Proksima entauri deb atalgan yulduzga yaqin bo‘lgan bu sayyorada radiatsiya kuchli.
Ross 128bga yaqin bo‘lgan yulduz esa Proksima entauriga o‘xshamaydi, bu yulduzni nisbatan ancha harakatsizligi yangi sayyorada hayot bo‘lishi mumkin, degan taxminlar qilishga sabab bo‘la oladi.
“Ross 128bning atmosferasi tarkibini aniqlashimiz kerak, bulutlarining tarkibiga qaraganda yer kabi suyuq suv bo‘lishi mumkin”, deydi Shveytsariyadagi Jeneva observatoriyasi olimi Nikola Astudillo-Defru.
Mazkur sayyoraning yulduzi bizning quyoshga qaraganda kichikroq. Radiatsiya darajasi bizning yerdagiga nisbatan bir ozgina kuchliroq. Bu esa sayyora yuzasining harorati yernikiga yaqin deganidir.
Surat BBC axborot xizmati saytidan olindi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.