Boriy Alixonov Oʻzbekistonda AES qurilishi haqida: Atomni dahshatli, vajohatli, vayron qiluvchi narsa deb tushunishadi

0
160
marta koʻrilgan.

 Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Boriy Alixonov ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtganida  jurnalistlar tomonidan energetika xavfsizligi nuqtai nazaridan qaraganda, Oʻzbekistonda atom elektr stansiyasining qurilishiga qanday baho berish mumkinligi haqida savol berildi.

Quyida Boriy Alixonovning javobi toʻliq keltiriladi:

Mana shu masalaning mohiyatiga yetish maqsadida biz, bir guruh deputatlar atom elektr stansiyalari faoliyatini oʻrganish uchun xorijiy mamlakatlarda boʻlib qaytdik. Jumladan, Rossiyaning Novovoronej shahrida, Vengriyada, Yaponiyadagi Fukusima atom elektr stansiyalarida boʻldik.

Ushbu davlatlardagi AESlar bilan yaqindan tanishib, hamma jarayonni oʻz koʻzimiz bilan koʻrganimizdan soʻng bu energetik va ekologik jihatdan bezarar texnologiya ekaniga iqror boʻldik.

Reaktorda sodir boʻlayotgan reaksiya reaktorning ichida qoladi. 11 ta himoya qilish qobigʻi, muhofaza tizimlari bor. Bular stansiyada xavfsizlikni butkul taʼminlaydi.

AES energiya samaradorligini oshirish, yuqori iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish garovi boʻlish bilan bir qatorda energetik va ekologik xavfsiz resurs.

Ayrim odamlarda stereotiplar bor, kimlarningdir yoki nimalarningdir taʼsirida shakllanib-qotib qolgan tushunchalar bor. Atomni dahshatli, vajohatli, vayron qiluvchi narsa deb tushunishadi. Oʻsha maʼlum sonli odamlarning dunyoqarashini, fikrlashini oʻzgartirishimiz, ularda energiya manbalariga toʻgʻri munosabat uygʻotishimiz kerak.

Novovoronejda boʻlganimizda bolalardan to kattalargacha xizmat koʻrsatuvchi Atom energetikasi axborot markazi bilan tanishdik. Bu yerda atom energetikasiga oid bilimlar oddiy, sodda tilda innovatsion usullar yordamida qiziqarli qilib tushuntirib beriladi. Biz Oʻzbekistonda ham shunday axborot markazlarini tashkil etmoqchimiz.

Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishda xavfsizlikni taʼminlashning samarali mexanizmlari «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasida ham oʻz aksini topgan.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.