Prezident Yaponiyaga joʻnab ketdi

0
120
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.   

Yaponiya – ulkan iqtisodiy, industrial va intellektual salohiyatga ega ilgʻor davlat. Iqtisodiyoti hajmi boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinda turadi. “Katta yettilik” davlatlari qatoriga kiradi, xalqaro maydonda muhim rol oʻynaydi.

Oʻzbekiston va Yaponiya strategik sherik, ikki mamlakatni yaqin va koʻp qirrali hamkorlik bogʻlab turadi. Davlatimiz rahbarining rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi. 

Prezident dastlab mamlakatning yirik sanoat va ilm-fan markazi – Nagoya shahrida boʻladi.

Tokio shahrida Yaponiya Imperatori, Bosh vaziri, parlament rahbarlari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.