2021 yil 1 fevraldan stipendiyalar oshiriladi, toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻzgarmaydi

0
254
views

Bu haqda AOKAda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida oʻtayotgan brifingda maʼlum qilindi:

2021 yil 1 fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.

Pandemiya sharoitida respublika aholisining toʻlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy oʻquv yilidagi amaldagi toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻzgarishsiz saqlab qolinadi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here