Yakkasaroy tuman yoshlari jahon sport arenalarida gʻolib

0
186
marta koʻrilgan.

Turkiya Davlatining Antaliya shahrida Universal jang sport turi boʻyicha boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 20 ta davlat sportchilari orasida Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Ular safida Yakkasaroy tumanidagi 2-Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining sportchilaridan Abdulxamid Baxtiyorov va Jasur Raxmatov 1-oʻrinlarni, Nurmuhammad Nuriddinov va Muhammadamin Norov 2-oʻrinlarni egallashdi.

2- Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining treneri Nuriddin Dalimov kattalar oʻrtasida sport ustasi  sifatida ishtirok etib,  Jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Universal jang sport turi boʻyicha  Turkiya Davlatining Antaliya shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Yakkasaroy tumanidagi 1-Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining sprtchilari ham qatnashdi. Akbarov Begzod 47 kg vazn oʻrtasida  1-oʻrin,  Abduxamitov Abduboriy esa 60 kg oʻrtasida 2-oʻrin egallashdi.

Toshkent shahar Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.