Munosabat: Milliy forum yangi Oʻzbekistonda yangi islohotlar tamoyilini oʻzida ifodaladi

0
147
marta koʻrilgan.

Poytaxtning «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida 2022 yil 24 avgust kuni Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan va qator tashkilotlar hamkorligida boʻlib oʻtgan “Inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorligi” mavzusidagi  Milliy forum Yangi Oʻzbekistonda yangi islohotlar tamoyilini oʻzida ifodaladi…

Ushbu forumda zoom dasturi orqali Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hududiy boʻlimlari vakillari ham qatnashganligi innovatsion yangiliklardan biri boʻldi. Hududiy boʻlimlarning vakillari  uchun Milliy forum mahorat maktabiga, tajriba almashish maydoniga aylandi. Jumladan, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi ham birinchi marta Toshkent biznes markazida  ushbu forumning ishtirokchisiga aylandi va tadbirda koʻpgina NNT larning vakillari ishtirok etishi taʼminlandi. 

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida tashkil etilgan ushbu tadbirda Nodavlat notijorat tashkilotlari faollarining bir guruhi ragʻbatlantirildi. Ular safida borligimdan xursandman. Tegishli tashkilotlarga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Albatta, bu tashkilotimiz faoliyatiga boʻlgan eʼtibor va eʼtirof deb bilaman.

Va barchani Oʻzbekiston mustaqilligining 31 yilligi bilan qutlayman. Hamisha osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch va obod, xalqimiz hayoti farovon boʻlaversin.

Raʼno Zaripova, Toshkent shahar “Sogʻlom ona va bola” markazi va gujum. uz sayti rahbari

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.