«Ezgu niyatli bolalar» tanloviga: Abdulla Oripovning otashin sheʼriyati muxlisiman

0
187
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Qahramoni va Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov “Tanlangan asarlar”ining sakkizinchi jildini mutolaa qilyapman.  Shoirning otashin sheʼriyatining muhlisiman.

Adabiyotshunoslar uni oʻzbek adabiyotiga yangicha nafas, yangicha ruh olib kirgan muallif, deya taʼriflashadi. Darhaqiqat, sheʼrlari goʻzal  ruhiyat va chuqur falsafiylikka yoʻgʻrilgan. Dastlabki ijodidan boʻlmish «Munojaat», «Birinchi muhabbatim» «Oʻzbekiston vatanim manim» kabi sheʼrlarini yod olganman.

Ushbu “Tanlangan asarlar”idagi  ijodida  ham  davr va xalq, shaxs va jamiyat, inson va uning qalbi, nur va ziyo, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yovuzlik, samimiyat va hasad, mehr va qabohat singari oʻlmas va azaliy mavzular umumlashgan.

Vatanning shonli oʻtmishi va bugungi taqdiri haqidagi xulosalari meni oʻziga jalb qiladi. Xalq qismati va kelajagiga bir komil fuqarolarcha kuyunchakligi, hayotdagi salbiy koʻrinishlarga murosasiz istehzosi men kabi sheʼriyat muxlislari diqqatini oʻziga ohanrabodek tortib keladi.
Ushba toʻplam Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyida 2016 yil chop etilgan.

Topilova Madina Jamollidin kizi, A. Navoiy nomidagi akademik litseyning 1- kurs oʻquvchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.