Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida

0
78
marta koʻrilgan.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 

Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi koʻp yillik samarali mehnati, xalqimiz osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgani, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: 

«Mardlik» ordeni bilan

Sobirov Azizbek Ulugʻbekovich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi

 «Doʻstlik» ordeni bilan

Axmedova Asiya Mustafayevna – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchisi

Bekmurzayev Azamat  Yerejepbayevich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi Nukus aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻlimi boshligʻi

«Jasorat» medali bilan

Aripov Qurbonali Abduraximovich – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori

Sidiqov Dilshod Gʻayratovich – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti otryad kichik mutaxassisi

Sobitov Jobirxon Sodiqxonovich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Saidov Odilbek Kudratovich – Surxondaryo viloyati Boysun tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

Sirajova Maxfuza Eshmurzayevna – Toshkent viloyati Chinoz tumani ichki ishlar boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori

Umarov Aslitdin Muxtarovich – Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi patrul-post xizmati safdor xodimi

Umedov Mexriddin Xamidovich – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi

Xayitboyev Xamidullo Mirabdullo oʻgʻli – Andijon viloyati Izboskan tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Xomidov Yursunali Shokirovich – Fargʻona viloyati Fargʻona tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

«Shuhrat» medali bilan

Dushamov Dilshod Kuzibayevich – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili

Qalandarov Baxodir Sapayevich – Xorazm viloyati Yangiariq tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Normatov Toʻlanboy Abdunazarovich – Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori

Talbabayeva Nargiza Abdurasulovna – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti inspektori

Fattullayev Bobir Nematovich – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika boʻlimi boshligʻi

Xudoyqulov Alisher Abdumajidovich – Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar boʻlimi 2-ichki ishlar boʻlinmasi boshligʻi

Egamberdiyev Fozil Safarboyevich – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili

Yusupov Qahramon Yuldashboyevich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori

         Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti            Sh.MIRZIYOYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.