Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston bilan strategik sheriklikni rivojlantirish uchun mavjud keng imkoniyatlarni qayd etdi

0
102
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi tadbirlari doirasida Toshkent shahrida boʻlib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Vazir Rashid Meredov davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Xalq Maslahati Raisi, Millat Yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda 2022 yilning 14-15 iyul kunlaridagi Turkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi va 21-22 oktyabr kunlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkmanistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish jihatlari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyot, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Joriy yilning birinchi choragida qator qoʻshma tadbirlar – Hukumatlararo komissiya, Suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishlari, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar, madaniy va boshqa tadbirlar oʻtkazilishi taʼkidlandi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Boʻlajak uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.