Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvar oyida respublika boʻyicha 76 199 nafar tirik tugʻilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 242 nafarga yoki salkam 6 foizga (5,9 %) oshgan.
Tahririyatdan: Koʻpgina davlatlarda tugʻilish kamayib, uni koʻpaytirish uchun institutlar faoliyat yuritib, bu borada oilalarga imtiyozlar berilmoqda. Masalan, Germaniyada, Quvayt kabi mamlakatlarda yaxshigina imkoniyatlar mavjud. Allohning sharofati bizning Oʻzbekistonimizda esa tabiiy koʻpayish davom etmoqda. Elimizni Allohim oʻz nuridan ayirmasin.