Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarga chiqqanda xalq ichiga kirib, aholi turmush darajasini yaqindan oʻrganadi. Turmush darajasi esa, avvalo, ichki bozordagi mahsulotlarda, narx-navoda namoyon boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Yangi yil arafasida Qarshi shahrida koʻp qavatli savdo majmuasi ishga tushgan edi. Unda oziq-ovqat, maishiy texnika, xoʻjalik mollari doʻkonlari va koʻngilochar maskanlar joylashgan.
Bugun Prezidentimiz ushbu majmuaga tashrif buyurib, oziq-ovqat va maishiy texnika doʻkonlarini kirib koʻrdi. Mahsulotlarning sifati va narxlariga eʼtibor qaratdi. Ularning aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilayotganini yuqori baholadi.
Xaridorlar bilan suhbatda davlatimiz rahbari oziq-ovqat mahsulotlarining narxi va xizmatlar haqida ularning fikrlari bilan qiziqdi.