Oʻzbekiston Prezidenti Berlinga joʻnab ketdi

0
188
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tashrif dasturiga muvofiq, Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansler Olaf Shols bilan muzokaralar, shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Germaniya poytaxtidagi Yangi muzey va Jeyms Simon galereyasida ochiladigan “Oʻzbekistonning arxeologik xazinalari. Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha” nomli koʻrgazma bilan tanishish koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.