Uy-muzeylar haqida soʻz

0
77
marta koʻrilgan.

Bugun men Toshkentdagi beshta diqqatga molik maskan: Gʻafur Gʻulom, Tamaraxonim, Oʻrol Tansiqboyev, Sergey Yesenin va Sergey Borodin uy-muzeylariga tashrif buyurdim. Ularning har biri madaniyatimiz va tariximiz zarvaraqlaridagi betakror sahifadir.

Mazkur muzeylar Oʻzbekiston madaniy merosining boyligi va xilma-xilligini teranroq anglashga yordam beradi. Ushbu xotirani saqlash mushtarak masʼuliyatimiz va vazifamizdir.

Afsuski, tashrif davomida poytaxtimizdagi barcha uy-muzeylar rekonstruksiyaga muhtoj ekani maʼlum boʻldi. Bunday muzeylarga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlashda madaniyatga homiylik institutini rivojlantirish juda muhim.

Oʻz navbatida ishontirib aytamanki, buyuk ijodkorlar xotirasini oʻzida saqlagan barcha madaniyat muassasalari qiyofasini tiklash va holatini yaxshilash boʻyicha tez orada zarur choralar koʻriladi.

Saida Mirziyoyeva telegramm kanalidan.

Tahririyatdan: Darhaqiqat, ularga eʼtiborni kuchaytirib,  » Toshkent shahrida adiblar maskani» sayohat yoʻnalishini ochish mumkin.  Bu yoʻnalish maktab oʻquvchilari uchun  amaliy mashgʻulot darslariga koʻmakchi va mamlakatimizga kelgan sayyohlar uchun adabiiy tanishtiruv maskanlari boʻlish bilan birga xalqimizning tarixini,  salohiyatini, bagʻrikengligini ifodasi boʻladi.  Zero, bir paytlar Maskvaga borganda  «Pushkin izidan», «Lermontov izidan» kabi sayohatlarga farzandlarimiz bilan chiqqanmiz. Bizda ham sayohatning ushbu yoʻnalishini tashkil etish kerak, deb oʻylaymiz. Shuningdek, Milliy bogʻdagi adiblar xiyobonini ham ana shunday sayyohlar maskani boʻlishi kerak… A. Qodiriy, A. Qahhor, Yu. Rajabiy kabi kuplab xalqimiz tarixini ifodalovchi maskanlar mavjud.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.