Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvaga keldi

0
176
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol boʻyicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurdi. 

“Vnukovo-2” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari futbol bayramiga xos koʻtarinki muhitda kutib olindi. 

Taomilga koʻra, Prezidentimizni futbol boʻyicha 2018 yilgi jahon chempionatining ramzi – boʻri “Zabivaka” qarshi oldi. 

Shavkat Mirziyoyev “Mundial”ning rasmiy toʻpiga dastxat qoʻydi. 

Davlatimiz rahbari oʻgʻli Miralisher va nabirasi Miromon bilan boʻri “Zabivaka” yonida suratga tushdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.