Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

0
85
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qoʻydi. Uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Bu Shavkat Mirziyoyevning oʻz ustozi, mustaqilligimiz asoschisi boʻlgan Islom Karimovga yuksak hurmatining yana bir ifodasi boʻldi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi «Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq 2 sentyabr Xotira kuni etib belgilangan. Bu kuni Islom Karimovning hayoti va serqirra faoliyatini yod etish yaxshi anʼanaga aylangan.

Gul qoʻyish marosimida parlament va hukumat aʼzolari, fan va madaniyat namoyandalari, yoshlar, keng jamoatchilik ishtirok etdi. 

Birinchi Prezidentimizning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʻyildi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.