Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Obidxon Noʻmonov Almada Gran-pri chempionatida Muhriddin Tilovovdan keyingi ikkinchi oltin medal sohibiga aylandi.
-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratdi. Chempionlik bahsi qozogʻistonlik Jansay Smagulovga qarshi kechdi.
Oʻzining faol harakatlari bilan ajralib turgan Noʻmonov dastlab vazari, soʻng ippon bahosini qoʻlga kiritib, faoliyatida Gran-pri turnirlaridagi ilk oltin medalini qoʻlga kiritdi.
gujum. uz