Quvasoyda keramika korxonasi ishga tushdi

0
228
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Quvasoy shahridagi “Art soft ceramics” korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻtgan yil dekabrda ish boshlagan korxona yiliga qariyb 3 million kvadrat metr keramogranit mahsulotlar tayyorlash quvvatiga ega. Ayni paytda bu yerda 350 nafar ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda.

Mahalliylashtirish darajasi 100 foiz boʻlgani bois tovarlar xorijnikidan ancha arzon narxlarda bozorga chiqarilmoqda. Shuningdek, ularning 35 foizi Rossiya, Qirgʻiziston va Tojikistonga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari korxonada va umuman Quvasoy shahrida eksport koʻrsatkichlarini oshirish muhimligini taʼkidladi. Buning uchun chet eldagi sanoat zonalari bilan hamkorlik oʻrnatish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.