Shavkat Mirrziyoyev: Bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda

0
36
marta koʻrilgan.

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni mamlakatimizning barcha hududlarida keng nishonlandi.

Jumladan, Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan tantanali marosimga vohaning jurnalistlari, tashkilotlarning matbuot kotiblari, blogerlar,  matbaachilar va soha faxriylari taklif etildi.

Xorazm viloyati hokimi J. Raximov tadbir ishtirokchilarini kasb bayrami bilan tabriklab, faxriy yorliklar topshirdi, ularning mehnatini eʼtirof etdi.

Tadbirda koʻplab jurnalistlar soʻz olib, yurtimizda soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash, sohani rivojlantirish yoʻlidagi ulkan islohotlar haqida oʻz fikrlarini bildirishdi.  AOKAning Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi Dilbar Bekchanovaning fikrlarini va ushbu tadbirdan olingan lavhani eʼtiboringizga havola qilamiz.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.