Ukraina prezidenti yillik daromadi haqidagi deklaratsiyani eʼlon qildi

0
476
marta koʻrilgan.
 Ukraina prezidenti sifatida 20 may kuni qasamyod qabul qilgan Vladimir Zelenskiy ikkinchi bosqichga qadar faollar talab qilganidek, 2018 yilgi daromadlari haqidagi deklaratsiyani eʼlon qildi.
 
Zelenskiy va uning rafiqasi deklaratsiyada qayd qilishicha, Kiyev viloyatida uy va yer uchastkasi, Kiyev shahrida toʻrtta xonadon va egasi uchinchi shaxs boʻlgan yana ikkita xonadon, Qrimda xonadon, Kiyevda oʻz nomida ikkita mashina turargohi va egasi uchinchi shaxs boʻlgan  ikkita turargoh, Qrimda mashina turargohi,  Kiyevda ikkita noturarjoy binosi, Buyuk Britaniyada ikkita ijara xonadoni, Italiyada ikkita uy, Gruziyada 10ta mehmonxona nomeri (ularning qurilishi davom etmoqda) mavjud.
 
 Shuningdek, er-xotin deklaratsiyaga ikkita avtomobil (Range Rover va Mercedes-Benz S500), olti dona soat va qimmatbaho qogʻozlarni ham kiritishgan.
 
Yil davomida Zelenskiy salkam 4 million 170 ming griven yaʼni 160 ming dollarga yaqin daromad ishlab topgan. 
Prezident  PrivatBankdagi 400 ming AQSH dollarini, OTP Bankdagi 1 million griven, 190 ming dollar va 100 ming yevro naqd pullarini ham deklaratsiyaga kiritdi.
 
 
 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.