Qoʻl-oyoq uvushca…

0
25623
marta koʻrilgan.

Inson tanasidagi kichik bir oʻzgarish ham biror kasallikdan darak beradi. Butun ogʻirlikni qoʻl va oyoqlarga tashlab oʻtirganda, yoki yonboshlab yotganda uvishish kelib chiqadi. Bu holatda qoʻl yoki oyoqlardagi asab tomirlari ezilgan boʻladi.

Natijada ezilgan joyda qon aylanish ancha sust­lashadi va jimirlash kuzatiladi. Bu – qonning quyuqligidan darak beradi.

Qoʻl-oyoqlarning uvishishi sovuqdan, ogʻir yuk koʻtarishdan, bosh miyada, shuningdek, tanada qonning yaxshi aylanmasligidan, meʼyoridan ortiq alkogol isteʼmol qilish tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.

 Qandli diabet kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarda ham qoʻl-oyoqlar uvishadi.

Qoʻl-oyoqlarning tez-tez uvishib turishi esa asosan, 40-50 yoshdagi odamlarda kuzatiladi. Bu yoshdagilar tanasidagi xolesterin miqdorini tez-tez tekshirtirib turishlari lozim. Chunki qon tomirlari devorida xolesterin moddasining koʻpayib ketishi oqibatida qon yurishi ancha qiyinlashadi. Shundan ke­yin tez-tez oʻng qoʻl, oʻng oyoq yoki chap qoʻl, chap oyoq uvishishi kuzatiladi. Agar buning oʻz vaqtida oldi olinmasa, ishimik insult yoki infarkt xas­taliklari kelib chiqadi.

Bu holatda badantarbiyaga alohida ahamiyat bering u yordam beradi! Turli davolovchi jismoniy mashqlar yordamida bu darddan forigʻ boʻlish mumkin. Shuningdek, taomnomaga ham eʼtibor berish kerak. Sabzavot va mevalarni koʻproq isteʼmol qilish kerak.

Agar bu holat uzoq muddat davom etayotgan boʻlsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish va uning sababini aniqlash maqsadga muvofiq boʻladi.

Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.