Buxoroda professionallar oʻrtasida R1 yoʻnalishida janglar oʻtkazilmoqda

0
547
marta koʻrilgan.

Buxoro shahrida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha professionallar oʻrtasida R1 yoʻnalishida katta jang musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar beradi. Unda Oʻzbekiston hamda dunyo qoʻl jangi yulduzlari ishtirok etmoqda.

Qoʻl jangi kechasida yurtimiz sharafini qoʻl jangi ustalari boʻlmish Muzaffar Rajabov, Hasan Bozorov, Farruh Fayziyev, Otabek Hamzaliyev, Amrillo Joʻrayev, Mironshoh Jaʼfarov, Shahboz Tursunov hamda Mironshoh Olimovlar himoya qilishmoqda.

Qoʻl jangi markaziy jangida hamyurtimiz, asli buxorolik Muzaffar Rajabov braziliyalik taniqli aralash qoidalar ustasi Maykl Falkaoga qarshi ringga koʻtariladi. Mazkur jang chempionlik kamari uchun tashkil etiladi.

Taʼkidlash joiz, professionallar oʻrtasidagi mazkur oqshom Oʻzbekiston qoʻl jangi federatsiyasi, Buxoro viloyati hokimligi, Butunjahon kombat federatsiyasi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilmoqda.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.