Oʻquvchi-sportchilar oʻrtasida “Bolalar sport oʻyinlari” tashkil etiladi — Prezident farmoni

0
850
marta koʻrilgan.
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”​gi farmoniga muvofiq  Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablarining oʻquvchi-sportchilari oʻrtasida  “Bolalar sport oʻyinlari” tashkil etiladi.
 
Jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025 yilgacha asosiy yoʻnalishlaridan biri, deb eʼtirof etilgan mazkur musobaqa sport maktablarining oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.
 
“Bolalar sport oʻyinlari”ning jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha respublika bosqichi gʻoliblariga (1-oʻrin) oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida soha boʻyicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.
 
Shuningdek,  gʻolib va sovrindorlarni (1-3 oʻrin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan egallagan 1-oʻrin uchun mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining – 6 baravari, 2-oʻrin uchun – 4 baravari, 3-oʻrin uchun – 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.