KORONAVIRUSGA OID JAHON YANGILIKLARI

0
239
marta koʻrilgan.

Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston vakillari Samara viloyati chegara zonasida toʻplangan muhojirlar muammosini hal qilish uchun komissiya tarkibiga qoʻshilishdi. 

Robert Kox nomidagi institut mutaxassislari aeroportlarda majburiy tana harorati skrining tekshiruvini samarasiz deyishmoqda, chunki infeksiya yuqtirganlarning aksariyatida tana harorati oshishi kuzatilmaydi. Shuningdek, tana haroratini oʻlchash qoʻshimcha moliyaviy xarajatlarni va asossiz vaqt sarflanishini keltirib chiqaradi.

XXR yetakchi infeksionisti Chjun Nanshan Xitoyda infeksiya yuqtirishning ikkinchi toʻlqini paydo boʻlishidan ogohlantirdi.

Hindistonda umummilliy izolyasiya 31 mayga qadar uzaytirildi. Mamlakatda infeksiya yuqtirganlar soni 90 mingdan oshib ketdi.

 Avstraliyaning koronavirus tarqalishi sabablari boʻyicha mustaqil tekshiruv oʻtkazish chaqiriqlarini 120 dan ortiq mamlakat qoʻllab-quvvatladi. 

 «Emirates Group» 30 mingga yaqin ish oʻrnini qisqartirishni koʻrib chiqmoqda va bu dunyo aviakompaniyalari sohasidagi eng katta ish oʻrnini qisqartirish hisoblanadi.

AQSH Federal zahira tizimi mamlakat iqtisodiyotining toʻliq tiklanishi faqat COVID-19 ga qarshi vaksina paydo boʻlgandan soʻng, 2021 yil oxirigacha choʻzilishi mumkinligini taxmin qilmoqda. AQSHda ishsizlar soni 25 foizga yetdi. 

Isroilda 17 maydan boshlab maktablar faoliyati tiklandi. Hukumatning taʼkidlashicha, bu iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur chora boʻlib, bu orqali ota-onalar oʻz ishlariga qaytishlari mumkin. Shu bilan birga, ota-onalar har kuni bolalarini darsga joʻnatishdan avval tana haroratini oʻlchashlari, 4-va undan yuqori sinf oʻquvchilari esa himoya niqoblarini taqishlari shart.

MANBAA: @aoka_uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.