Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi

0
147
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 yanvar kuni diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo davlatlari — Xitoy” onlayn sammitida ishtirok etadi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
 
XXR Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbir kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy oʻrtasidagi 30 yillik hamkorlik yakunlari sarhisob qilinadi, koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi va amaliy hamkorlikning istiqbolli sohalari belgilab olinadi.

Onlayn sammit yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.