Bugun — 14-fevral shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

0
312
marta koʻrilgan.

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari jahonning yetakchi tarixiy asarlari qatoridan oʻrin olgan. Sheʼriyati hamon sevib oʻqiladi. Gʻazallari diltortar qoʻshiqlarga aylangan.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda tugʻildi. Oʻn ikki yoshida taxtga oʻtirdi. Oʻn besh yoshida bobomeros Samarqandni zabt etdi.1503 yilda Amudaryoni kechib, Xurosonga oʻtdi.
1526 yilda Hindistonni zabt etib, boburiylar saltanatiga asos soldi.
Bobur 1530 yil 26 dekabrda Agrada vafot etdi. Keyinroq xoki vasiyatiga muvofiq Qobulga koʻchirildi.

Buyuk inson Zahiriddin Muhammad Boburning armonlari ifodalangan  gʻazalidan namuna:

Tole yoʻq jonimga baloligʻ boʻldi,
Har ishniki ayladim xatoligʻ boʻldi.
Oʻz yurtni qoʻyib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi.

Bobur mongolmi?  Jahon adabiyotida Bobur mongol millatiga mansub deb tilga olinadi. Hindistonga, Yevropaga borgan oʻzbeklar bu adashuvlarni eshitganida ajablanishadi. Jumladan, men ham hamisha ajablanaman. «Bobur» fondi rahbari Zokirjon Mashrabov ana shu qarashlarni  Oʻzbekiston hukumati va olimlar bilan birga oʻzgartirishga intilayotgan olimlardan biridir.   Hindistonda 2017 yili  “Chingizxon va Amir Temur” nomli konferensiya boʻlib oʻtdi. Zokirjon Mashrabov xalqaro konferensiyada chiqib, Bobur mongol emasligini isbotlab berdi. Shuningdek, Bobur Andijonda tugʻilganligi, taxtga oʻn ikki yoshida oʻtirganligi, “Boburnoma” asari qadimiy turkiyda yozilganligi ham buni isbotlab turganligini taʼkidladi. Shundan keyin mongol va jahon  olimlari bu masalani oʻrgangani yurtimizga kelishdi. Tarixiy haqiqat qaror topib, oʻtmishdagi chalkashliklar barham topishiga fond munosib hissa qoʻshib kelyapti.

Raʼno ZARIPOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.