Mashhur Genri Fordning lavozimga nomzod tanlash ilmi

0
132
marta koʻrilgan.

Amerikalik Genri Ford dunyoda avtomobil ishlab chiqarishga tamal toshini qoʻygan sanoatchi, koʻplab mamlakatlardagi zavodlarning egasi boʻlish bilan birga iqtidorli  ixtirochi, 161 AQSH patenti muallifi.

 Ford zavodi avtomobil  ishlab chiqarish davrining boshida eng arzon avtomobillarni ishlab chiqargan.  Uning shiori: «hamma uchun mashina». Oʻzining mashinasi barcha oilalarga kirib borishini niyat qilgan. Genri Ford 1947 yil 7 aprelda 84 yoshida olamdan oʻtgan. Uning ish uslubi, odamlarga munosabati oʻziga xos. Oʻrgansa arziydigan tomonlari juda koʻp.

Genri Fordning ishga munosabati, mutaxassis tanlash ilmi: Avtomobilsoz Ford  shirkatidagi katta bir lavozimga nomzod boʻlgan ikki kishi bilan birga ovqatlandi. Nomzodlarning ikkalasi ham bitta univesitetni bitirgan boʻlib, ularning ish tajribasi deyarli bir xil edi.

  Ular ovqatlanib boʻlgach, birga oshxonadan chiqishdi. Genri Ford ulardan biriga ertadan kelib ish boshlashi mumkinligini, boshqasiga esa uzr soʻrab, uni oʻz komandasiga ololmasligini aytdi.

Shunda ishga olinmagan yigit jurʼatini toʻplab soʻradi:

– Uzr soʻrayman, bitta savol bersam boʻladimi?

– Marhamat!

– Biz ovqatlanish paytida muxandislik xususida, avtomobil haqida yoki universitet haqida suhbatlashmadik. Umumiy mavzuda gaplashdik, xolos. Doʻstimni ishga olib, meni ishga olmaganingizga sabab nima?

  Genri Ford dedi: –  Buning ikkita sababi bor: Birinchisi, doʻsting goʻsht boʻlagini totib koʻrib, soʻngra tuz sepdi. Sen esa oldin tuz sepib, soʻngra yeb koʻrding. Men narsalarni oʻzgartirishdan oldin sinab koʻradiganlarni xush koʻraman.

Ikkinchi sababi, doʻsting mulozimga odob bilan muomala qildi. «Rahmat», «uzr» kabi soʻzlarni ishlatdi. Sening nazdingda esa ofitsiant goʻyo yoʻqday edi. Sen faqat menga nisbatan odobingni namoyon qilding. Xulosam shuki, namunali boshliq mansabida turganida yaxshi taassurot qoldirishi kerak. U hamma bilan kim boʻlishidan qatiy nazar goʻzal muomalada boʻlishi kerak!

Ravshan SAʼDULLAYEV tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.