Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar boʻyicha maxsus vakili Devid O’Sallivan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston va YeI oʻrtasidagi, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi koʻp qirrali sheriklikning turli jihatlari koʻrib chiqildi.
Keyingi yillarda, shu jumladan YeIning «GSP+» preferensiyalar tizimi doirasida oʻzaro savdo hajmi, qoʻshma korxonalar va investitsiya loyihalari soni oshib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.