Kashtalar – ayollar mahorati va sabr-toqati ramzi

0
127
marta koʻrilgan.

 Ozarbayjon poytaxtidagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari boʻylab sayohat” koʻrgazmasi ochildi.

Oʻzbekistonning madaniy merosi bilan tanishuv Ozarbayjonda birinchi marta namoyish etilayotgan “Lazgi – Muhabbat va qalb raqsi” sepktakli namoyishi bilan boshlandi.

Koʻrgazmada 140 dan ortiq bezakli amaliy sanʼat namunalari taqdim etildi. Soʻzanalar mohir kashtachi ayollar  tomonidan oylar davomida tikiladi. Milliyliknng ifodasi boʻlgan soʻzanalardagi har bir gul va naqshlar chuqur maʼnoga ega boʻlib, u xotin-qizlarning ezgu- tilaklarini, orzu- istaklarini ifodalaydi.

Anʼanaviy zar choponlarimiz, rang-barang soʻzanalar va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kumush taqinchoqlar koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

– Sanʼat insonlarni yanada yaqinlashtirish, ularni hamfikr qilish hamda goʻzallikning yangi qirralarini kashf etish qudratiga ega va bu meni doim hayratga soladi. Lazgi raqsi esa insonlarni birlashtiruvchi, ilhom bagʻishlovchi, vaqt va makon chegaralarini tan olmaydigan ana shunday kuchga yaqqol misoldir, – deydi Saida Mirziyoyeva oʻzining telegramm sahifasida. 

Quyida ushbu kanalda berilgan koʻrgazmaga bagʻishlangan videotasvir bilan tanishing.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.